Salim Mustafoev: “Al-Ayn”ga qarshi hujumkor futbol namoyish etamiz”

Aslanov Jasurbek
22 avg 2016, 19:03
Ertaga Toshkentning “Lokomotiv” klubi safarda OCHLning chorak finalida BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Ushbu uchrashuv oldidan “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Salim Mustafoev ijtimoiy tarmoq orqali o'z fikrlarini bildirdi. 

“BAAning Dubay shag'riga a'lo darajada yetib keldik, bizni iliq kutib olishdi. Bu erga kelganimizdan so'ng biroz xordiq chiqardik. Birozdan so'ng mashg'ulot o'tkazish uchun maydonga chiqamiz. Ushbu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va ularni o'yinlari ko'rib o'rganib chiqdik. Bizga ikkita yangi futbolchilarAleksandr Stepanovich va Artur Gevorkyan kelib qo'shilishdi. Raqiblarimiz ham yangi futbolchilarni o'z tarkiblariga qo'shib olishgan, lekin ismlarini bilmayman. Ertaga himoyani unutmagan holda hujumkor futbol namoyish etamiz. G'alaba uchun maydonga tushamiz. Mehmonda o'ynaganimizni inobatga olsak durang natija ham yomon natija emas”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Salim Mustafoev.

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia