

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi turnirdagi ilk golini "qizil furiya" darvozasiga urdi (Kolo Muani 9-daqiqada), ammo keyin bo'lim o'rtalarida, 4 daqiqa ichida Luis de la Fuente shogirdlari nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki hisobda ham oldinga chiqib oldilar.
"Xafamiz, chunki yaxshiroq o'ynashimiz mumkin eji. Birinchi bo'lib gol urdik, ammo keyin esa ikki marta gol o'tkazib yubordik. To'g'risini aytsam, raqib kuchliroq edi va buni tan olish kerak", – dedi himoyachi.
Fransiya terma jamoasi o'yindan birorta ham gol urmasdan turnir finaliga chiqsa, o'ziga xos yutuqqa erishishi mumkin edi.



