

"Opta" tahliliy kompaniyasining ma'lumotiga ko'ra, bu futbolchining "Liverpul" uchun ushbu turnirda kiritgan 21-goli bo'ldi. Bunday holatda 28 yoshli misrlik "qizillar"ning afsonaviy o'yinchisi Stiven Jerrardning YCHLdagi gollari soniga yetib oldi. Ayni paytga kelib Salah "Enfild" afsonasi bilan bu borada birinchi o'rinni bo'lishib turgan bo'lsa, keyingi gol uni yakka peshqadamga aylantiradi.




