

O'tgan mavsumni "temiryo'lchilar" safida o'tkazgan Sadriddin Abdullaev futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. "Lokomotiv" PFK rahbariyati maslahatiga ko'ra, u klub tizimida qolishni maqul deb bildi. Endilikda Abdullaev murabbiy sifatida o'z faoliyatini boshlaydi.
Klub rahbariyati Sadriddin Abdullaevni "Lokomotiv" U-18 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Endilikda 18 yoshgacha futbolchilarni Abdullaev boshqaradi va buning uchun tegishli licenziyaga ega.
"Lokomotiv" PFK Sadriddin Nizomiddinovichga murabbiylik sohasida omad va zafarlar tilab qoladi.



