Ryudigerga Saudiya Arabistoni varianti yoqmoqda

Mirjalol Normatov
22 okt 2024
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger kelajakda Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynashi mumkin.

"Relevo" ma'lumotiga ko'ra, germaniyalik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida yakunlashni reja qilmoqda va imkoniyatlarini ushbu davlatda ham sinab ko'rmoqchi.

"Real"dagilar ham futbolchisiga Saudiya tomondan ko'plab qiziqishlar bo'layotganini bilishadi. Biroq Madrid klubidan u 2025 yilgacha kyetishni reja qilmayapti va klub bilan shartnomasi tugaganda, yani, 2026 yilda Osiyo tomon yo'l olishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Relevo