

27 yoshli futbolchi APLning dastlabki 2 turida qaydnomaga kiritilmagan edi. Germaniya terma jamoasi a'zosi bugun o'tkazilayotgan "Barnsli" bilan (Lika Kubogi doirasida) o'yinni ham o'tkazib yubordi. Chunki Ryudiger "aristokratlar" ustozi Frenk Lempradning rejalari doirasiga kirmaydi. Bu haqida futbolchining o'ziga ham ma'lum qilingan va Antonio transfer oynasi yakuniga qadar jamoani tark etishi kerak.



