Ryudiger top klublar nishonida

"Shtutgart"ning 21-yoshli himoyachisi Antonio Ryudiger Germaniya terma jamoasidan taklif olishi bilanoq bir qator top klublar qiziqishiga sabab bo'ldi.
Ushbu futbolchini o'z tarkibiga ko'rishni istayotgan klublar soni tobora oshib bormoqda. Ryudiger uchun kurashga "Yuventus", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi grandlar qo'shilishgan.

"Shtutgart" esa futbolchisini sotishga shoshilmayapti. Ryudigerning Germaniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2017 yilga qadar mo'ljallangan.

Manba: soccer.ru