Rustam Nartadjiev "Lokomotiv"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021
O'tgan mavsumni "Surxon" safida o'tkazgan istedodli darvozabon Rustam Nartadjiev yana "temiryo'lchilar" safiga qaytdi.

Nartadjiev yoshlikdan "Lokomotiv"da katta bo'ldi va jamoamizni juda yaxshi biladi. Tarkibda Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov, Javohir Ilyosov kabi mohir darvozabonlar bo'lgani uchun unga imkoniyat berilmagandi. Natijada Nartadjiev "Surxon"ga borib o'zini ko'rsata oldi va tajriba orttirib ortga qaytdi. 

O'tgan mavsumda u "Surxon" tarkibida 14 uchrashuvda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати