Rustam Mirsodiqov: "Yutqazdikmi, demak qayerdadir kamchilikka yo'l qo'ydik"

Narzulla Saydullayev
19 avg 2017, 09:42
"Metallurg" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov o'z fikrlarini bildirdi.
"Gol urilguniga qadar shogirdlarim biroz hayiqib o'ynashdi. Futbolda "sen urmasang senga urishadi" degan ibora bor. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ammo gol ura olmadik. Raqib esa hisobni ochdi.

Bugun g'alaba qozonganimizda o'yindan qoniqqan bo'lar edim. Yutqazdikmi demak qayerdadir kamchilikka yo'l qo'yganmiz", - deydi Rustam Mirsodiqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia