Rustam Ashurmatov: "KXDR terma jamoasi haqida to'liq ma'lumotga ega emasmiz"

Абдулвосит Бектемиров
2 sen 2024, 19:25
"Rubin" klubi va milliy terma jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov terma jamoamiz yig'inida OAVga kichik intervyu berdi.

- Milliy terma jamoamiz navbatdagi yig'inni boshladi. Oldindagi yig'in haqida fikr bildirib o'tsangiz? Terma jamoada kayfiyat qanday?

- Kayfiyat a'lo. Jamoamiz bugun yig'ildi. Tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.

- Oldindagi ikki uchrashuv haqida gapirib o'tsangiz? Shimoliy Koreya va Qirg'iziston terma jamoasi bizga raqiblik qiladi.

- Har doimgi javobni aytaman. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish, shu sabab barcha raqibdan ustun bo'lishimiz kerak. Barcha raqiblarga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va maksimal natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Ikki yil avvalgi intervyulardan birida 1,5-2 yilda terma jamoamiz eng optimal sport formasiga ega bo'ladi degandingiz. Terma jamoamiz o'zimizning eng kuchli versiyaga yaqinlashdimi?

- Hozir bir nima deyish qiyin. Barcha legionerlarimiz va Superligamizdagi futbolchilar o'z klublarida yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. Dastlabki uchrashuvdan so'ng savolingizga to'liq javob bera olsak kerak.

- Dastlabki raqibimiz KXDR haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Shimoliy Koreya jamoasi haqida to'liq ma'lumotga ega emasmiz. Endi mashg'ulotlarni boshlaymiz va ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Hozircha ular haqida ko'p narsani bilmaymiz.




O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia