Rustam Ashurmatov: "Jamoaviy o'yin bo'yicha Qatardan ustunroqmiz"

Administrator
12 noya 2024
JCH-2026 saralishidan o'rin olgan Qatar – O'zbekiston uchrashuvi haqida milliy jamoa futbolchisi Rustam Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

– Rustam, terma jamoaga eng oxirgilardan bo'lib yetib keldingiz. Parvozlardan charchab qolmadingizmi?

– Yo'q, charchoqlar chiqdi. Dam olishga ulgurdik. 

– Muhim o'yin arafasidamiz. O'tgan o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yubordingiz. Tomoshabin sifatida o'yinni kuzatish qanchalik qiyin bo'ldi?

– Juda qiyin. Sababi, jamoaga yordam bera olmaysiz. Bu ikki karra qiyin. 

– BAA saralash boshida Qatarni sensacion tarzda mag'lubiyatga uchratgandi. Ikkala jamoa ham bir-biriga yaqin...

- Sensaciya demagan bo'lardim. Chunki ikkala jamoa ham bir-biriga yaqin jamoa. O'sha o'yinda istalgan jamoa g'alaba qozonishi mumkin edi. 

- Qatar jamoasini qaysi jihatlaridan xavfsirash kerak? O'z navbatida bizning ulardan qanday ustun jihatimiz bor?

- Jamoaviy o'yin bizda kuchliroq. Futbolchilarimizda o'yin amaliyoti ham ko'proq. Shuni ustunlik jihatimiz desak bo'ladi. 

- Oston O'runov Qatarga qarshi o'yinda jarohat sabab maydonga tusha olmaydi. Jaloliddin Masharipovning ham sog'lig'ida muammolar bo'lishi mumkinligini ko'ryapmiz. Oldingi chizig'imiz sal bo'lsa ham xavotirga solyaptimi?

- Yo'q, o'ylaymanki Masharipov maydonga tushadi. Yigitlar Ostonni o'rnini bildirmaslikka harakat qilishadi. Uni o'rnini bosadigan o'yinchilarimiz bor. 

- O'zingizni holatingiz haqida gapirsangiz. Oxirgi o'yinlarda muntazam maydonga tushyapsiz...

- Meni holatim yaxshi. Ko'z tegmasin, kayfiyatim ham yaxshi. O'yindan keyini ham shu kayfiyatda qolamiz deb umid qilaman.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia