
"Havo juda issiq edi. Ikkala jamoa ham bir xil sharoitda o'ynadi. Biz qo'yib yuborgan gollar o'z xatoimiz tufayli yuzaga keldi. Markaziy himoyachilarimiz qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi.
- So'nggi marotaba "Qo'qon-1912" "Metallurg" bilan 2003 yil o'ynagan. 12 vaqt o'tdi. Qo'qonliklar oldingi uchrashuvlarga qaraganda sust harakat qildi...
- Havo harorati juda baland edi. Jamoaga yangi kelgan futbolchilar ham hozircha ko'nika olishmadi. Barqarorlik ham yetishmayapti.
- Yoshlarga e'tibor berilyaptimi, o'rinbosarlarda iqtidorli futbolchilar bormi?
- Albatta. Kecha o'rinbosarlarimiz 1:1 o'ynadi. Qo'qonda iqtidor ko'p. Oliy ligada jamoa yo'qligi tufayli yoshlarga e'tibor susaygandek edi. Mana hozir oliy ligadamiz, bu borada kerakli ishlar amalga oshirilyapti.