Ruslan Nuriddinov bir vaqtning o'zida Messi, Ronaldu va Ibragimovichni ko'tara oladi (foto)

Aslanov Jasurbek
18 avg 2016, 12:10
Hamyurtimiz Ruslan Nuriddinov 105 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasidagi og'ir atletikachilar musobaqasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Hasan Mahmudov Ruslan Nuriddinovga atalgan surat rasmni taqdim etdi. Unda Olimpiada rekordchisi Nuriddinov "Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich, "Real" forvardi Krishtianu Ronaldu hamda "Barselona" futbolchisi Lionel Messini ko'tarib turgani aks etgan.


                                            Hasan Mahmudov

Biz ushbu suratda ko'rsatilgan futbolchilarning vazni bilan qiziqdik va haqiqatdan ham Ruslan ushbu jahon futboli yulduzlarini ko'tara olishiga ishonchimiz komil bo'ldi. So'nggi ma'lumotlar orqali, Ibragimovich va Ronalduning vaznlari 83 kg, Messiniki esa 67 kg ekanligini aniqladik. Ushbu futbolchilarning umumiy vazni 233 kgni tashkil etdi. Nuriddinov siltab ko'tarish bahslarda 237 kgni bo'ysundirishga muvaffaq bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia