

- Bugun mavsumdagi ilk o'yinimni o'tkazdim.O'yindan oldin menda ishonch bor edi, hayajon umuman bo'lgani yo'q. O'yinimdan o'zim qoniqdim. Bugun barcha jamoadoshlarim bir-birlarini tushungan holda harakat qilishgani evaziga kerakli natijani qo'lga kiritdik deb o'ylayman. Keyingi bosqichda “Buxoro” jamoasi bilan uchrashsak kerak.
Endi keyingi o'yinlarda murabbiylarimiz kimga ishonishsa o'sha darvozabon maydonga tushadi. Bizda Andrey Baklanov va G'ayrat Hasanov kabi tajribali darvozabonlar bor. Ular bilan biz xuddi aka-ukadekmiz. Barchamiz ham muxlislarni xursand qilish niyatidamiz, - deydi Matniyazov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



