Runining olti yoshli o'g'li "Manchester Yunayted"ning bolalar jamoasi futbolchisiga aylandi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2016, 15:18
Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runining olti yoshli o'g'li Kay "Manchester Yunayted"ning bolalar jamoasi futbolchisiga aylandi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu jamoada Mayk Kerrikning o'g'li Jeysi ham shug'ullanar ekan.

Oldinroq Runining o'g'li "Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardining futbolkasini kiyib olgani aks etgan surat ko'plab ingliz OAVda paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun