Runi policiya tomonidan qo'lga olindi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019
"DS Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi jamoat joyida so'kkani uchun policiya tomonidan hibsga olindi.

Oradan bir qancha vaqt o'tib u garov evaziga qo'yib yuborildi. U shu boisdan 116 dollar jarima to'ladi.

Qayd etish kerak, bu afsonaviy hujumchining ilk tartibbuzarligi emas. O'tgan yili u avtomobilini mast holatda boshqargandi. Shu sababli u ikki yilga haydovchilik hujjatidan ayrildi va 100 soat jamoat ishlarida qatnashdi.

33 yoshli Runi o'tgan yili "DS Yunayted" tarkibiga borib qo'shilgandi. Shundan buyon u jamoasi tarkibida 21 o'yinda 12 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports