Runi "Manchester Yunayted" tarixida eng ko'p g'alaba golini urgan futbolchi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2016, 15:49
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi klub tarkibida hal qiluvchi gollar urish borasida rekord qayd etdi.

Ma'lum bo'lishicha, 30 yoshli hujumchi "Manchester" safida o'z hisobiga 29 ta g'alaba goli yozib qo'ygan va bu klub rekordi hisoblanadi. Bu natija bilan u Rayan Giggz (27 ta gol), Brayan MakKleyr (26 ta gol), Bobbi Charlton (25 ta gol) va Rud Van Nistelroyni (24 ta gol) ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester United