Runi: "Kloppning yagona aybi "Liverpul"da ishlayotganidir"

Alisher
17 iyul 2019, 15:58
Angliya va "Manchester Yunayted" afsonasi Ueyn Runi Yurgen Kloppning "Liverpul"dagi ishiga izoh berdi.

"Yurgen murabbiyligi qo'l ostida har bir futbolchi o'ynashni xohlaydi. Klopp - ajoyib odam. Uning yagona xatosi shundan iboratki, u "Liverpul"da ishlamoqda va muvaffaqiyatga erishmoqda", - deydi 33 yoshli angliyalik.

Eslatib o'tamiz, Runi AQSHning "Di Si Yunayted" klubida o'ynamoqda.

U yakunlangan mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assistga erishgan.

Runi bundan tashqari MYU hamda "Everton" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Squawka News