Rummenigge: "Germaniyadagilar Rossiya bilan bir guruhga tushmaslikni istashmoqda"

Tolibjon Qosimov
5 dek 2013, 13:30
"Bavariya" klubi rahbari Karl-Xaync Rummenigge JCH-2014 qur'asidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Men Rossiya bilan to'qnash kelishimizni istamasdim. Ayniqsa guruh bosqichida, Rossiya kuchli raqib. Fabio Kapelloda juda katta tajriba bor! Men u bilan "Inter"da o'ynayotganimda tanishganman, so'ngra "Milan", "Real", "Yuventus", "Roma"da murabbiylik qilganini kuzatganman… U Jahon chempionatidan boshqa barcha narsani yutgan! Italyan tilida "in gamba” atamasi bor. Yani aqlli, o'tkir zehnli. U barcha narsani juda yaxshi biladi. O'yin yoki musobaqa davomida nima qilishni oldindan fikrlay oladi.

Rossiyada pley-offga chiqib Germaniya bilan uchrashib qolishi mumkinmi? Ha. Bunga ishonaman. Umuman olganda Germaniyadagilar Rossiyaga qarshi umuman o'ynamaslikni istashmoqda", - deydi Rummenigge "Chempionat.com" muxbiri Igor Rabinerga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com