Rudi Garsiya: "Pyanichning yo'qligi bizga qimmatga tushdi"

22 dek 2014, 00:02
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya Italiya chempionati doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yinda jamoasi yetakchisi Pyanichning yo'qligi ularga qimmatga tushganini aytib o'tdi.
Albatta, so'nggi o'yinlarda yo'qotilgan muhim ochkolar biz uchun orqaga tashlangan qadam bo'ldi. Ushbu bahsda bizga Pyanich yetishmadi. Bu futbolchi o'yinimizga o'zgacha joziba qo'sha olardi.
"Milan" futbolchisi bir vaziyatda to'pni qo'li bilan o'ynaganini aytib o'tmasam bo'lmaydi. To'g'ri, baribir biz bundanda yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. "Milan" bu bahsda bor e'tiborini himoyaga qaratganiga qaramay, "Roma" g'alaba uchun o'z imkonini izlashi shart edi.

Manba: soccer.ru