RPL. Yozning eng qimmat transferlari. Shomurodov nechanchi o'rinda?

19 okt 2020, 00:46
So'nggi transfer oynasida RPL klublari ko'plar transferlarni amalga oshirdi. Bazi futbolchilar top-ligalarga yo'l olgan bo'lsa, Rossiyaga ham yaxshi darajali o'yinchilar keldi.

matchtv.ru RPL klublari uchun so'nggi transfer oynasining eng qimmat transferlarini e'lon qildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ro'yxatning 8-pog'onasidan joy olgan. "Rostov"da to'p tepib kelgan Eldor uchun "Jenoa" 7,5 mln evro to'lagan. Kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Vendel - "Sporting"dan "Zenit"ga - 20,3 mln evro

2. Aleksey Miranchuk - "Lokomotiv"dan "Atalanta"ga - 14,5 mln evro

3. Deyan Lovren - "Liverpul"dan "Zenit"ga - 12 mln evro

O'xshash yangiliklar


Manba: Матч ТВ