RPL. "Torpedo" "Zenit" bilan o'yinning so'nggi daqiqalarida o'z darvozasidan 2 marta to'p olib chiqdi, Erkinov 78 daqiqa harakatlandi

Alisher
21 avg 2022, 21:36
Rossiya chempionati 6-turidan o'rin olgan "Zenit" – "Torpedo" o'yini nihoyalandi.

Unda mezbonlar oxirgi daqiqalarda Sergeev va Malkom tomonidan urilgan gollar evaziga zafar quchishdi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Hojimat Erkinov asosiy tarkibda maydonga tushib, 78-daqiqada o'z o'rnini Igor Lebedenkoga bo'shatib berdi.

Zenit – Torpedo 2:0 

Gazprom Arena

Gollar: 1:0 – 84 Sergeev, 2:0 – 87 Malkom.

Zenit – Kerjakov, Karavaev, Lovren, Rodrigao, Duglas Santos, Barrios (Eroxin, 81), Mostovoy (Krugovoy, 82), Vendel, Mantuan (Bakaev, 46), Malkom (Sutormin, 90), Kasserra (Sergeev, 68).

Torpedo – Baburin, Smolnikov, Netfullin, Kojemyakin (Shumskix, 90), Samsonov, Proshkin, Pomerko (Reyxmen, 62), Enin, Erkinov (Lebedenko, 78), Laptev (Kalmikov, 62), Karaev (Turishev, 46).

Ogohlantirishlar: Samsonov (27), Pomerko (35).

"Torpedo" 6 turdan so'ng bor-yo'g'i 1 ochko jamg'arib, so'nggi pog'onani egallab turibdi.

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia