RPL. “Rostov” mehmonda “Spartak”ni taslim etdi. Zaxiradan tushgan O'runov esa yana jarohat oldi va almashtirildi

Eldor Akmurzayev
31 okt 2020, 20:35
Rossiya chempionati 13-turidan o'rin olgan Moskvadagi bellashuv yakundandi va unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

O'yindagi yagona gol 26-daqiqada rostovliklar yarim himoyachisi Pavel Mamaev tomonidan urildi. Aytish joizki, Valeriy Karpin shogirdlari o'yinni bir kishi kam bo'lib yakunlashdi. 2-taym o'rtalarida himoyachi Dennis Xajikadunich raqibga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Jarohatidan tuzalgan Oston O'runov esa 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Afsuski, O'runov bir necha daqiqa o'tar-o'tmas oyoq mushaklarini cho'zib oldi va 86-daqiqada uning o'rniga Nail Umyarov o'yinga qo'shildi.

"Spartak" – "Rostov" 0:1 (0:1, 0:0)

"Otkritie Arena"

Gol: 0:1 – 26 Mamaev.

"Spartak" – Maksimenko, Kutepov (O'runov, 80; Umyarov, 85), Jikiya, Jigo, Ayrton, Kral, Mozes (Eshhenko, 81), Zobnin, Bakaev (Sobolev, 46), Larsson, Ponse (Kokorin, 66).

"Rostov" – Pesyakov, Kozlov, Osipenko, Poyarkov, Xadjikadunich, Glebov, Mamaev (Gigovich, 70), Xasimoto, Eremenko (Terentev, 83), Almkvist (Soxiev, 60; Obuxov, 83), Poloz (Aleesami, 83).

Ogohlantirishlar: Larsson (41), Xajikadunich (42), Kutepov (55), Sobolev (58), Kozlov (60), Poyarkov (61), Glebov (89), Ayrton (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia