
Mazkur turda Moskvada mehmon bo'lgan "Rostov" futbolchilari 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yin taqdirini 22 yoshli futbolchilar Konstantin Kuchaev va Fyodor Chalovning goli hal qildi. Musobaqaning ortda qolgan 14 turidan keyin "armiyachilar" turnir jadvalida yetakchilik qilishmoqda.
SSKA – Rostov 2:0
8 noyabr, 18.30, "VEB Arena"
Gollar:
1:0 – 20 Kuchaev, 2:0 – 74 Chalov.
SSKA – Akinfeev, Maradishvili, Magnusson, Diveev, Kuchaev (Shkurin, 79), Vlashich, Sigurdsson (Edjuke, 63), Oblyakov, Dzagoev (Bistrovich, 80), Zaynutdinov (Vasin, 9), Gaych (Chalov, 62).
Rostov – Pesyakov, Terentev, Pavlovec, Osipenko, Poyarkov (Aleesami, 83), Glebov, Xasimoto (Suxomlinov, 90), Eremenko (Tugarev, 68), Gigovich, Almkvist (Obuxov, 68), Poloz (Toshevski, 83).
Ogohlantirishlar:
Vasin (59), Dzagoev (60), Bistrovich (90).
