RPL. 18-turning eng yaxshi futbolchisi Azmun

Aslanov Jasurbek
5 mar 2019, 15:11
"Zenit" hujumchisi Sardor Azmun Rossiya Premer-ligasining 18-turdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So'rovnomada 16 393 kishi ishtirok etdi va ularning 44,25% eronlik futbolchini tanladi. Ikkinchi o'rin 5499ta (14,84%) ovoz yiqqan "Lokomotiv" yarim himoyachisi Anton Miranchukka nasib etdi. "Spartak" himoyachisi Ayrton 11,05% ovoz bilan uchinchi o'rinni egalladi.

"Zenit" 18-turda "Ural" mehmoni bo'ldi va kichik hisobda (1:0) g'alabaga erishdi. Bahsdagi yagona golga Azmun mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: matchtv.ru