

Superligada ishtirok etuvchi barcha jamoalar tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazishmoqda. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul BERDIEV klub matbuot xizmatiga yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi.
6 fevral kuni tayyorgarlikning 3-bosqichini boshlagandik. Asosiy tarkibni tark etgan tajribali futbolchilar o'rniga futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilariga ishonch bildirmoqdamiz. Jamoamiz tarkibiga Muborakning Mashal jamoasidan Humoyun Murtozaev va Sardor Abdurayimov, o'rinbosarlar tarkibidan Oybek Bozorov, Jo'rabek Mannonov, Abduvohid Ne'matovlar ham asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.
- Odatda "Nasaf"ning mavsum oldi yig'inlarni bir necha yildan buyon xorijda amalga oshirilar edi. Bu yilgi o'quv-mashg'ulot yig'inini jamoa asosan o'z qarorgohida o'tkazmoqda...
- Dastlab o'quv-mashg'ulot yig'inlarini xorijda o'tkazishni rejalashtirgandik. Biroq yetakchi futbolchilarimizning biz bilan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etmayotganligi tufayli rahbariyat bilan kelishgan holda tayyorgarlikni Qarshida o'tkazishga qaror qildik. Tayyorgarligimizning 3-bosqich 2-qismini poytaxtda davom ettiramiz. 13 fevral kuni Toshkentda Buxoro jamoasi bilan nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi. 15 fevral kuni esa futbolchilarimiz jismoniy holati bo'yicha normativ topshiradilar. Shuningdek, 17 – 21 fevral kunlari ham nazorat uchrashuvlari rejalashtirilgan. O'quv-mashg'ulotlarining 3-bosqchi 21 fevralda o'z yakuniga etadi.





