Bunga ketma-ket ikkinchi marta “Nasaf” futbol jamoasining bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va legioner futbolchisi, jamoa sardori Artur Gevorkyanlar muyassar bo'lishdi!
Biz bu xushbarni eshitganimizdanoq, darhol Ro'ziqul Beridevni tabriklashga shoshildik.
- Assalomu alaykum Ro'ziqul Sadullaevich! Sizni va Arturni yana bir marta eng yaxshi murabbiy va eng yaxshi o'yinchi sifatida etirof etilganingiz bilan barcha “Nasaf” muxlislari nomidan muborakbod etamiz!
- Va alaykum assalom, katta rahmat, tabrik qo'ng'iroqlari juda ko'p bo'layapti. Bunday tabriklarni eshitishdan juda xursandman. To'g'risi, buni kutmagan edim. Madomiki qilayotgan mehnatimizni hurmatli jurnalistlarimiz shunday etirof etibdimi, bu men uchun ham klubimiz uchun ham juda katta rag'bat va kelgusida yanada yaxshiroq ishlashimga undaydi. Bunday etirofga sazovor bo'lishimizga klubimiz rahbarlarining, xodimlarining hamda jamoamiz a'zolarining katta mehnati yotibdi, qolaversa futbol muxlislarining ham hissalari katta. Buni tan olaman va rahmat aytaman.
Fursatdan foydalanib, saytingiz orqali barcha mamlakatimiz OAV xodimlariga va jurnalistlarga o'zimning cheksiz hurmatimni izhor etib, ularga kattadan-katta tashakkurimni bildiraman. Umid qilamanki, ular oldida “qarzdor” bo'lib qolmaymiz. Yanada yaxshi ishlashga, yurtimiz futbolining rivoji uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilamiz,- deydi Ro'ziqul Berdiev.