Dastlab matbuot anjumaniga mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev kirib keldi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Dastlab "Dinamo" jamoasi haqida aytib o'tsam. Bu jamoa yangi tarkib bo'lgani uchun avvalgi davraga nisbatan keskin o'zgaribdi. Yangi jamoa shakllanayotgani ko'rinib turdi. Bugungi o'yin ahamiyati katta edi va biz shunga munosib tayyorgarlik ko'rgan edik va buni maydonda isbotladik. Bugun uchrashuv bizni tashabbusimiz ostida o'tdi va raqibga nisbatan yaxshiroq o'ynashdi. Ikkinchi bo'limda "Dinamo"ni hujumga o'tishi aniq edi va shuning uchun Gadoev va Abdullaevlarni maydonga tushirdim. Qarshi hujumdan ham unumli foydalandik. Bizni taktika bo'yicha Shohruhni ushlab turdik va ikkinchi bo'limda ikkita gol urishga erishdik. "Dinamo" bilan negadir hamisha barcha o'yindan ko'ra keskinroq bo'ladi. Buni avvalgi o'yinlarda ham ko'rganmiz. Bugun tajriba o'z so'zini aytdi. Futbolchilarimda g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni kattaligidan xursand bo'ldim." - deya o'yin haqida dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi Ro'ziqul Berdiev
- Mutaxxasis sifatida uchinchi gol bo'lgan vaziyatni qanday izohlar edingiz? (tah. yon hakam bayroqchani ko'ratib turdi va bu vaziyatda "Dinamo" futbolchilarini barchasi to'xtadi lekin bosh hakam o'yin davom ettirishni aytdi va uchinchi gol kiritildi)
Oldin ham aytganman. Hakamni muhokama qilib bo'lmaydi hozir. U vaziyat bo'yicha aytadigan yagona gapim maydonda yakuniy qarorni bosh hakam chiqaradi. Ular shu qarorni qabul qildimi demak to'g'ri.
- "Nasaf" Milliy chempionatda oldiga qanday maqsad qo'ygan?
Bizda imkoniyat bor ekan chempionlikka kurashamiz. Mavsum boshida jamoamizda katta o'zgarishlar bo'lgandan so'ng bizni imkoniyatni pastroq baholangan edi. Bunga sabab o'nga yaqin yetakchi o'yinchilarimiz jamoani tark etgani bo'lsa kerak. "Nasaf"ga e'tibor bering . Biz yoshlarimizdan ham yaxshi bitta tarkib qilsak bo'ladi. Kelajak uchun ham ishladik. Bor kuchimiz bilan chempionlikka harakat qilamiz.
- "Nasaf" boshqa jamoalarga qaraganda ahil jamoa ekanligi hammani xursand qilmoqda. Bu ham jamoani yutig'i shundaymi?
Albatta biz buning uchun yil boshidan buyon juda ham ko'p ishladik. Jamoani bitta oila qilish kerak. Muhitmiz a'lo darajadaligi uchun ham natija bo'lmoqda. Bizda sharoitlar juda yaxshi deb ayta olmayman . Kamchiliklar ham etarlicha. O'tgan yili jamoamizda muhit buzilgan edi va biz birinchi o'rinda buni to'g'rilashga e'tibor berdik. Jamoamizda ishtiyoq bor va g'alaba qozonayapmiz.