"Rostov" "Zenit" futbolchisini ijaraga oldi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 16:57
"Zenit" va "Rostov" markaziy himoyachi Ivan Novoselcev ijarasi borasida kelishuvga erishdi.

Novoselcev joriy mavsum oxirigacha "Rostov" sharafini himoya qiladi. Futbolchi 2016 yilning avgustida Sankt-Peterburgliklar safiga o'tgan edi.

"Zenit" Ivan Novoselcevga mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazishni tilaydi" - deyiladi Peterburg klubi bayonotida.

Novoselcev joriy mavsumning birinchi qismini ijara asosida "Anji"da o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com