"Rostov" matbuot xizmati bugungi keskin o'yinga o'zgacha munosabat bildirdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
8 dek 2018, 17:32
Biroz oldin yakuniga etgan Rossiya chempionati 17-turi doirasidagi "Krilya Sovetov" - "Rostov" bahsida mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Bu o'yin haqida oldinroq to'liq ma'lumot bergan edik.

Rossiya. Janjallarga boy o'tgan uchrashuvda Denisov jamoasi Shomurodov klubini mag'lub etdi

Karpin: "Hammasi hakamlar tufayli bo'ldi"

Keskin kurash, janjal va kartochkalarga boy o'tgan uchrashuvdan so'ng "Rostov" jamoasi matbuot xizmati klub tvitter sahifasida o'zgacha suratni joyladi.


"Rostov" klubining tvittyerdagi sahifasida ushbu surat chop etilganidan bir necha daqiqa o'tgach surat o'chirib yuborildi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvdan bosh hakam Sergey Karasyov  "Rostov"ning ikki nafar o'yinchisi Sigurdsson va Gackanga qizil kartochka ko'rsatdi va bosh murabbiy Valeriy Karpinni maydondan chetlatdi.

Ushbu surat ham "Rostov"ning tvitter sahifasiga joylandi. Hozircha, bu surat o'chirilganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia