


Lunevni tezda shifoxonaga olib ketishdi. Hozircha uning qachon safga qaytishi ma'lum emas.
Sog'lik tilaymiz!
Rossiyada barcha o'zgarishlar amalga oshirib bo'lingandi. Shu bois Lunevning o'rnini Kokorin egallashi kutilgandi. U xatto darvozabonlar libosini ham kiygandi, ammo so'nggi daqiqada Stanislav Cherchesov boshqa qaror qabul qildi.
Darvozaga Denis Glushakov turdi. Kokorinning aytishicha Spartak sardori barchadan ko'p charchagani uchun darvozaga turgan ekan.
Glushakov faqat to'pni o'yinga kiritdi xolos. To'p maydon markaziga ham yetib bormadi.
Ikkita o'yinda juda charchadim. Spartakda yaxshi shifokorlar shtabi bor, Krasnodar bilan o'yinga tiklanaman, – deydi Denis.
Denis o'yindan keyin mikst-zonada to'xtaganida, Fedor Smolov jurnalistlar yoniga kelib shunday dedi: Glushakovda quruq o'yin.

TAS-IX emas



