Rossiyadagi yangi sport kanali kelishuvining mablag'i 9 mlrd rublni tashkil etadi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2015, 12:56
1 sentyabrdan ish boshlaydigan Rossiyaning yangi sport kanali nomi - "Sport 360".

Ma'lum bo'lishicha, "Sport 360" reklamadan daromad oladi. "Gazprom-media" boshqaruv vakili Dmitriy Chernishenkoning so'zlariga ko'ra, telekanal ishga tushganidan 3 yil o'tib daromad keltira boshlaydi.

Xabarlarga ko'ra, VGTRK va "Gazprom Media" o'rtasidagi kelishuv 9 mlrd. rublni tashkil etadi va bitimga VGTRK ishlatayotgan bazi texnikalar ham kiradi.

Kelishuvga VGTRKning 4ta kanali kirishi kutilmoqda, ammo bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Chernishenkoning so'zlariga ko'ra, "Gazprom-media" yirik sport turnirlarining Rossiya telekanallari uchun yagona xaridoriga aylanadi va shu sababli huquqlar narxi oshmaydi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq VGTRK (Rossiya 2, Sport 1 kabi kanallar tarkibida) va "Gazprom-media" (NTV + Futbol, NTV + Onlayn, NTV + Basketbol kabi kanallar tarkibida) hamkorlikda ishlashga kelishib olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru