Rossiya terma jamoasi Qozog'istonda

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019
Rossiya terma jamoasi Qozog'istonga qarshi Evro-2020 saralash bosqichining 2-tur uchrashuvini o'tkazish uchun Astanaga yetib keldi.

Qozog'iston - Rossiya uchrashuvi 24 mart kuni Astanadagi "Astana" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.



Rossiya terma jamoasi 21 mart kuni Belgiyaga qarshi ilk saralash o'yinida 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Rossiyaliklar Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Belgiya, Qozog'iston, Shotlandiya, Kipr va San-Marino bilan bahs o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/TeamRussia