Rossiya terma jamoasi 16 yillik antirekordni qayd etdi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017, 00:31
Rossiya terma jamoasi Konfederatsiyalar kubogining 3-turida Meksika termasiga (1:2) imkoniyatni boy berd iva musobaqaning pley-of bahslariga yo'llanma ololmadi.

Shu tariqa ruslar 2001 yildan beri ilk marta mazkur musobaqani guruh bosqichida tark etgan ilk MEZBON jamoaga aylanishdi. 16 yil ilgari Janubiy Koreya terma jamoasi o'z yurtida o'tgan bellashuvlarda guruhda qolib ketgan edi. Shuningdek, 1995 va 1997 yillarda  Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham guruhdan keyingi bosqichga yo'l ola bilmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: soccer.ru