Rossiya superkubogi. “Spartak” “Lokomotiv”dan ustun keldi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2017
Moskvadagi “Lokomotiv” stadionida Rossiya superkubogi uchun o'tkazilgan bahsda “spartak”chilarning qo'llari baland keldi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, tomonlar qo'shimcha taymlarda g'olib nomini aniqlashga kirishishdi. Bunda omad qizil-oqlar tomonida bo'ldi. 101-daqiqada Luis Adriano hisobni ochgan bo'lsa, 113- daqiqada Promes oradagi farqni ikkitaga oshirdi. O'yin tugashiga to'rt daqiqa qolganidan Fernandesh tomonidan kiritilgan javob goli temiryo'lchilarni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi-2:1.

Rossiya superkubogi-2017.

Spartak – Lokomotiv 2:1

Goly: 1:0 – 101 Luis Adriano, 2:0 – 113 Promes, 2:1 – 116 Fernandesh.

Spartak – Rebrov, Jikiya, Eshhenko, Bokketti, Kombarov, Fernando, Glushakov, Popov (Ananidze, 71), Promes, Luis Adriano, Ze Luish (Melgarexo, 90).

Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Peychinovich, Kverkveliya, Fernandesh, Tarasov (Miranchuk, 103), Denisov (Kolomeycev, 111), Barinov, Farfan, Miranchuk, Ari.

Ogohlantirish: Peychinovich (42), Luis Adriano (62), Barinov (76), Eshhenko (80), Jikiya (95), Bokketti (115).




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia