Rossiya. "Lokomotiv" "Rostov"ni mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
8 apr 2018
Rossiya chempionatining 25-turida Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi "Rostov"ni qabul qildi va kichik hisobda g'alaba qozondi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, "Rostov"da to'p tepayotgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Eldor Shomurodov 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Vitaliy Denisov esa o'yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.

"Lokomotiv" – "Rostov" 1:0

Gol:
1:0 – 47 Farfan.

"Lokomotiv" – Gilerme, Rybus, Chorluka, Kverkveliya, Ignatev, Fernandesh, Tarasov (Barinov, 83), Farfan, Miranchuk, Kolomeycev, Ari (Eder, 72).

"Rostov" – Abaev, Sigurdsson, Vilyush (Skopincev, 71), Makeev, Ingason, Kalachev (Zuev, 84), Gackan, Ionov, Sapeta, Parshivlyuk, Dyadyun (Shomurodov, 58).

Ogohlantirishlar: Farfan (28), Rybus (40), Kalachev (64), Ionov (84), Ingason (90), Eder (90), Skopincev (90), Gackan (90).



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia