Rossiya kubogi. "Spartak" – SSKA uchrashuvi taqdiri qo'shimcha bo'limlarda hal bo'ldi

5 mar 2020, 01:07
Rossiya kubogi chorak final o'yinlari davom etadi.

Bugun rus futboli ixlosmandlari Moskva derbisiga guvoh bo'lishdi.  Uchrashuv keskin va murosasiz ruhda o'tdi. O'yinning asosiy vaqtida durang qayd etilgach, jamoalar qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilishdi va "Spartak" 103-daqiqada bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay g'alaba golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Spartak – SSKA 3:2 

4 mart, 21.30, Otkritie Arena

Gollar:

1:0 – 4 Bakaev, 2:0 – 14 Ponse, 2:1 – 17 Diveev, 2:2 – 45 Axmetov, 3:2 – 107 Larsson.

Spartak – Maksimenko, Rasskazov (Eshhenko, 90), Jigo, Djikiya, Ayrton (Melgarexo, 119), Kral, Bakaev (Til, 46), Zobnin, Kutepov, Sobolev (Larsson, 74), Ponse.

SSKA – Akinfeev, Fernandes, Karpov (Biyol, 109), Nababkin, Diveev, Bistrovich, Axmetov (Oblyakov, 78), Vlashich, Kuchaev (Dzagoev, 82), Vasin, Chalov (Shkurin, 94).

Ogohlantirishlar:

Kutepov (34), Fernandes (45), Ponse (68), Oblyakov (80), Karpov (97), Rebrov (105), Zobnin (109), Nababkin (115).

Chetlatish:

Ponse (103).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia