Odatga ko'ra sizlarga hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlar haqida ma'lumot beramiz.
Vadim Afonin to'p tepayotgan "Salyut" klubi safarda peshqadam "Mordoviya" mehmoni bo'ldi. O'yinda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishdi. Hamyurtimiz Vadim Afonin o'yinda to'liq harakat qildi. "Salyut" ayni paytda 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda.
MORDOVIYA - SALYUT - 1:0 (1:0)
Gol: Bober, 7 (1:0).
"Gazovik" esa o'z uyida "Nefteximik" bilan bellashib durang qayd etdi - 1:1. O'yin so'nggida mehmonlar hatto g'alabaga ham erishishlari mumkin edi, ammo Dzaxov penaltidan darvozabonni alday olmadi. Sanjar Tursunov maydon egalari safida to'liq o'ynadi va kiritilgan to'pga ham mualliflik qildi. Aynan hamyurtimizning pasidan so'ng Kojanov gol urdi. "Nefteximik" safida esa hamyurtimiz Davron MIrzaev maydonga tushirilmadi. "Gazovik" 25 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog'onasida borayotgan bo'lsa, "Nefteximik" hisobida 11 ochko bor va klub 18-o'rinda.
GAZOVIK - NEFTEXIMIK - 1:1 (1:1)
Gollar: Nurov, 17 (0:1). Kojanov , 29 (1:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Dzaxov, 90+1.