Rossiya. 7-tur. Denisov to'liq o'ynadi, "Lokomotiv" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2013, 17:53
Rossiya premer ligasining 7-turidan o'rin olgan "Zenit" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.
Uchrashuvdagi hisob 43-daqiqada maydon egalari tomonidan ochildi. Shirokov o'ziga ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi - 1:0. O'sha vaziyatda qo'pol o'ynagan Diarra maydondan chetlatildi. 

70-daqiqada esa Bussufa endi mezbonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi - 1:1. Biroq uchrashuv tugashiga 4 daqiqa qolganida Danni oshirgan to'pni Ziryanov "Lokomotiv" darvozasiga yo'lladi - 2:1. O'yinda hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'liq o'ynadi. Himoyachi endi Toshkentga O'zbekiston terma jamoasining yig'iniga keladi.

Zenit – Lokomotiv 2:1 (1:0, 1:1)
1 sentyabr, Petrovskiy
Gollar
: 1:0 – 43, penalti Shirokov (Shirokov), 1:1 – 70, penalti Bussufa, 2:1 – 86 Ziryanov (Danni).
Zenit – Lodigin, Netu, Gubochan, Lomberts, Smolnikov, Vitcel (Fayzulin, 79), Shirokov (V.Bistrov, 72), Danni, Ziryanov, Arshavin (Shatov, 59), Kerjakov.
Lokomotiv – Abaev, Chorluka, Vitaliy Denisov, Dyurica, Yanbaev, Diarra, Bussufa, Maykon (N′Doye, 81), Tarasov, Samedov (Tkachev, 64), Kaysedo (Tigorev, 46).
Ogohlantirishlar: Kerjakov (7), Chorluka (7), Netu (14), Yanbaev (16).

Chetlatish: Diarra (42). 

"Rubin" esa safarda "Ural"ni Rondonning xet-trigi evaziga mag'lub etdi - 3:0. Vagiz Galiulin yana maydonga tushmadi. 


Ural – Rubin 0:3 (0:1, 0:2)
1 sentyabr, Markaziy
Gollar
: 0:1 – 17 Rondon (Natxo), 0:2 – 55 Rondon (Natxo), 0:3 – 75 Rondon. 
Ural – Kot, Tumasyan, Dancev, Belozerov, Novikov, Asevedo (Lungu, 74), Gorbanec, Eroxin (Berxamov, 79), Veshtica, Sarkisov (Tamuz, 82), Gogniev.
Rubin – Rijikov, Markano, Mavinga (Kverkveliya, 78), Navas, Kuzmin, Mvila, Kulik, Torbinskiy (Ryazancev, 61), Natxo, Karadeniz (R.Eremenko, 61), Rondon. 
Ogohlantirish: Torbinskiy (11).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia