Ronalduning onasi o'g'lining Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

31 may 2018, 00:13
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o'g'lining PSJ klubiga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Avvalroq parijliklar 33 yoshli portugaliyalik uchun yiliga 45 million evro maosh berishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Menga Parij yoqadi. Fransiyaga sayohat qilishni yaxshi ko'raman, u yerda meni doim iliq kutib olishadi. Ochig'ini aytsam, Krishtianu PSJga o'tmoqchi bo'lsa, unga qarshilik qilmayman. Ammo uning “Manchester Yunayted”ga qaytishini istardim” - deydi Aveyru.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS