Ronalduning o'g'li “Al Nassr” akademiyasiga qabul qilindi. U 7-raqamli libosda o'ynaydi

Оқил Абдубарноев
20 okt 2023, 00:37
Krishtianu Ronalduning o'g'li “Al Nassr” akademiyasiga o'qishga kirdi.

13 yoshli kichik Ronaldu "Al Nassr" U13 va U15 jamoalarida to'p tepadi va otasi singari 7-raqamli libosni kiyadi.

Portugaliyalik forvardning o'g'li shu juma kuni "Al Nassr U13" safida ilk o'yinini o'tkazishi kutilmoqda.

Krishtianu Ronaldu "Al Nassr"ning asosiy jamoasiga 2023 yilning qishida qo'shilgan edi. Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida u 8 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ar-Riyadiyah