Ronaldu "Yuve"dan ketmoqchi. U o'zini zaxirada qoldirishlarini so'ragan

Sherzod Nurmatov
22 avg 2021, 21:00
Bir necha dqiqalardan so'ng "Yuventus"ning Italiya chempionati 1-turidagi "Udineze"ga qarshi o'yini start oladi.

Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugungi bahsni zaxiradan boshlaydi.

Jurnalist Fabricio Romano axborotiga ko'ra, bu portgualiyalikning shaxsiy talabi bo'lgan. Forvard yoz oxirigachva jamoadan ketishdan umidvor.

"Yuventus" hozircha Ronaldu bo'yicha takliflar olmagan.  

Oldinroq "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri Ronaldu "Yuve"da qolmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano