Ronaldu yosh muxlisi bilan ko'rishish maqsadida terma jamoa avtobusini to'xtatdi

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2019, 01:10
9 iyun kuni Portu shahrida Millatlar Ligasining hal qiluvchi o'yini Portugaliya va Gollandiya o'rtasida bo'lib o'tadi.

Bugun, mazkur uchrashuv oldidan Portugaliya a'zolari avtobusda mashg'ulotlarga ketayotgan vaqtida terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldu oyna orqali unga muxlislik qiluvchi bolakayni ko'rib qolib, u bilan uchrashish maqsadida haydovchidan to'xtashni so'raydi. Shundan so'ng, Ronaldu yosh muxlisi bilan rasmga tushib, atrofdagilarning etirofiga sabab bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS