Ronaldu tez orada "Yuventus"ni tark etishi kutilmoqda

23 sen 2020, 22:31
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu joriy transfer oynasida Turindan ketishi mumkin.

Ispaniyalik jurnalist Eduardo Indaning so'zlariga ko'ra, 35 yoshli portugaliyalik o'yinchi jamoaning so'nggi 2 mavsum davomida YCHL g'olibligi uchun kurasha olmaganidan norozi. Hujumchi yoshi tufayli katta g'alabalarni maqsad qilgan yangi loyiha qurilishini kutishga tayyor emas.

Bundan tashqari, Ronaldu "keksa sinora"ning jamoani shaxslardan ustun qo'yadigan yangi ustozi Andrea Pirlo bilan chiqishib keta olmagan. Shu tufayli "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi "Yuventus"dan ketish haqida o'ylamoqda.

Raboning onasi o'g'lining sobiq klubi prezidenti bo'ldi 

O'xshash yangiliklar


Manba: calciomercato.it