

“Jamoa shu qadar bir-biriga bog'langan-ki, tashqi kuchlar uni sindira olmaydi. Raqibdan cho'chimaslik uchun millatimiz juda matonatli. Bu so'zga loyiq jamoa va u orzu uchun oxirigacha kurashadi! Bizga ishoning! Olg'a, Portugaliya!”, deya yozgan Ronaldu o'z sahifasiga.
Avvalroq, 37 yoshli o'yinchi Shveytsariya qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamasligini bilganidan keyin, Qatarni tark etmoqchi bo'lgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Biroq, Portugaliya FF bu mish-mishlarni rad etdi.



