Ronaldu tarixdagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 2-o'ringa ko'tarildi, oldinda esa faqat Pele bor

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2020, 21:25
“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu klub va termadagi jami gollari sonini 734 taga etkazib oldi.

U rasmiy o'yinlarda kiritilgan to'plar bo'yicha braziliyalik Romarioga (734) yetib oldi.

Mazkur ko'rsatkich bo'yicha tarixdagi eng yaxshi natija esa afsonaviy Pelega (767) tegishli. “Barselona” sardori Lionel Messi 716 ta gol bilan 5-o'rinda bo'lsa, “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich (542) 11-pog'onada bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/tancredipalmeri