Ronaldu Shevchenkoning rekordini yangiladi

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2021, 09:55
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Evro-2020 doirasida Vengriya terma jamoasiga ikkita gol urdi.

Bu orqali u Yevropa chempionatlari doirasida gol urgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi (36 yosh, 130 kun).

Ushbu natija sabab Ronaldu Andrey Shevchenkoning rekordini yangiladi. Ukrainalik sobiq futbolchi Evro-2012da Shvetsiya darvozasini ishg'ol qilganida 35 yosh 256 kunlik bo'lgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta