Ronaldu Runining rekordini takrorladi

Mirjalol Normatov
8 okt 2021
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu APLda sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Opta" xabariga ko'ra, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu etirofga beshinchi marta sazovor bo'ldi. Bu borada u mankunianliklarning sobiq forvardi Ueyn Runi bilan tenglashib oldi.

Bu APL boshlanganidan keyin "Manchester Yunayted" uchun rekord hisoblanadi.

Ushbu mavsumda Ronaldu APLning 3 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta