Ronaldu - Real tarkibida ketma-ket 8ta o'yinda gol urgan dastlabki futbolchi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2014, 16:15
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 10-turida Granadaga qarshi o'yinda (4:0) gol urdi.
Shunday qilib, 29 yoshli portugaliyalik futbolchi Madrid klubi safida Ispaniya chempionatida ketma-ket 8ta uchrashuvda gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi.

Pushkash, Olmedo, Van Nistelroy, Ugo Sanches va Olsen oldinroq ketma-ket 7ta o'yinda to'p kiritishga muvaffaq bo'lishgan.

Bu mavsumda Ronaldu Primeroda 17ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru