

Portugaliya termasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoaning Evro-2024 saralashi doirasidagi o'yinlari uchun tarkibni e'lon qildi. E'tiborli jihati, ro'yxatda "Al Nassr"ning 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham bor.
Portugaliya termasi Slovakiya (8 sentyabr) va Lyuksemburgga (11 sentyabr) qarshi o'yinlarda maydonga tushadi.



